🎒 Bolajonlarga quvonch ulashdik!
26.08.2026, 09:384

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qorao‘zak tumani, "Quralpa" OFYda istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun ajoyib aksiya tashkil etildi.
Ushbu hududdagi 100 nafar bolajonga ichida barcha zarur o‘quv qurollari bo‘lgan maktab sumkalari (ryukzaklar) sovg‘a qilindi! 📚✏️
🤝 Ushbu ezgu tashabbus quyidagi tashkilotlar hamkorligida amalga oshirildi:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
🔹 Yoshlar ishlari agentligi;
🔹 O‘zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi (UVA);
🔹 "Время Чудес" xayriya tashkiloti;
🔹 "Nukus_Dobro" jamoasi.
Ezgulik yo‘lida birlashgan barcha hamkorlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Bolajonlarimizning o‘qishlariga omad tilaymiz, kelajagi porloq bo‘lsin! ✨
